ChatGPT’ga o'xshash yangi sun'iy intellekt yaratildi

Yaqinda taqdim etilgan Inflection AI chatboti so’nggi bir necha oy ichida yirik texnologiya kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan chatbotlar oqimiga eng so’nggi qo’shimcha hisoblanadi.

PI deb nomlangan bu ChatGPT’ga o’xshash dastur, mehribon va qo’llab-quvvatlovchi, yordamchi, hamroh bo’lishga mo’ljallangan.

Foydalanuvchilarning dastlabki fikr-mulohazalari shuni ko’rsatadiki, bu ChatGPT’ning sekinroq versiyasi. Boshqa chatbotlardan farqli jihati, bu dastur do’stingiz bilan suhbatlashgandek taassurot qoldiradi.

Chatbot kundalik muloqot uchun foydalidir, lekin u kod yoki insho yarata olmaydi. Shuningdek, chatbot 2022 yilgi futbol bo’yicha jahon chempionatida kim g’olib chiqqanini aniqlay olmadi. Unda aytilishicha, u oxirgi marta 2022 yil noyabr oyida yangilangan va shuning uchun bu haqida ma’lumot yo’q