Ilgari bitta rais bo’lardi!
Raykomdan rosa so’kish eshitib chiqqanidan keyin ikki yuz grammni otib olib: “O’zingni o nay-nay-nay!” derkan-da, mashinasiga o’tirib jo’narkan. Yaqinda yuk mashina haydovchi bir do’stim: “Ba’zan yengil mashinalarga yo’l berolmay qolaman. Ular meni quvib o’tganlaridan keyin esa orqa chiroqlarini yoqib-o’chirib ketishadi. Men esa: “O’zing shunaqasan!” yoki “O’zingni…” deb qo’yaman”, deb aytib qoldi…
Gohida o’ylanib qolaman, shularning falsafalarida ham qandaydir jon borga o’xshaydi, deb…
Izohlarni ko`rish