NASA bo’linmalaridan birining veb-saytida yozilishicha, bugun Yerga Xeops piramidasi balandligidan kattaroq 2015 KJ19 asteroidi yaqinlashadi.
Agentlikning ma’lumotlariga ko’ra, asteroidning diametri 88 dan 200 metrgacha (Xeops piramidasining balandligi 147 metr). U Toshkent vaqti bilan 15.04 da Yerga minimal masofaga yaqinlashadi. Parvoz yo’lining eng yaqin nuqtasi Yerdan Oygacha 15 marta uzoqroq masofada joylashgan bo’ladi. Shunday qilib, asteroid xavfli emas.
Asteroidning Quyosh atrofida aylanish davri Yerdagi 1094 kundan oshadi.
Izohlarni ko`rish