Dunyodagi eng keksa odam sifatida tanilgan yaponiyalik Tomiko Itooka vafot etgach, braziliyalik rohiba Inax Kanabarro Lukas 116 yosh 211 kunlik yoshida dunyodagi eng keksa odamga aylandi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi xabar berdi.
Hujjatlarga ko‘ra, Inax Kanabarro Lukas 1908 yil 8 iyunda tug‘ilgan, ammo uning oilasi uning tug‘ilgan kunini 1908 yil 27 may deb da’vo qilmoqda. Bolaligida u juda ozg‘in bo‘lgan. 1927 yilda u Urugvayning Montevideo shahriga ko‘chib o‘tgan va u yerda rohiba bo‘lgan, lekin 1930 yilda u Braziliyaga qaytib borgan va u yerda ko‘p yillar davomida matematika va portugal tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
110 yoshida u harakatchanlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan va o‘shanda piyoda yurishga majbur bo‘lgan. 113 yosh-u 208 kunlik vaqtida Inax Luzia Morzening yoshidan o‘tib, Braziliyaning eng keksa rohibasi bo‘lgan. Hozirda u Lyusil Randondan keyin 2- eng keksa rohiba hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng keksa odam sifatida tanilgan yaponiyalik Tomiko Itooka 116 yoshida vafot etgandi. Ayol imperator Meydzi davrida 1908 yil 23 mayda Osakada tug‘ilgan. Yoshligida u o‘rta maktabning voleybol jamoasi a’zosi bo‘lgan. U 1979 yilda turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng qoyaga ko‘tarilish va piyoda yurish bilan shug‘ullangan.