Boylik hashamatda emasligiga isbot!

Internetda “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari asoschisi, milliarder Ilon Maskning “yotoqxona”si aks etgan surat tarqaldi. Foydalanuvchilar avvaliga suratning haqiqiy ekanligiga ishonishmagan. Oradan ko’p o’tmay Maskning o’zi ham bu haqida yozib, ma’lumotni tasdiqlagan.

Boylik hashamatda emasligiga isbot!

“Aslini olganda, barchasi yomon emas. Kecha tunda men do’stimning karavotida “qirollardek” uhladim”, – deya hazil qilgan milliarder.

Suratda katta matras joylashtirilgan bo’m-bo’sh xona, ryukzak va ikkita noutbukni ko’rish mumkin.

Eslatib o’tamiz, Ilon Mask avvaldan badavlat insonlarning hayot tarzi haqidagi tasavvurlarni o’zgartirishga harakat qilib kelgan. Shu boisdan internet foydalanuvchilarining ayrimlari umumiy boyligi 200 milliard AQSh dollaridan oshiq bo’lgan tadbirkorning oddiygina yotoqxonada tunab qolganidan hayratga tushishmagan.