Bo’qoq organizmda yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadi. Shuning uchun uni uy sharoitida davolashning eng yaxshi usullaridan biri oyoqning tag qismiga yod surtishdir. Ushbu muolajani bir necha kun qaytaring. Agar surtilgan yoddan ertalabgacha hech qanday iz qolmasa, muolajani davom ettirasiz. Bordi-yu yod “shimilmagan” bo’lsa muolajani to’xtatish lozim. Demak, organizm yodga to’yingan.
🌹 Anjir
Aytish lozimki, ushbu muolajani amalga oshirish uchun jami 4 kg. anjir kerak bo’ladi. 3 dona kattaroq anjirlarni sirli idishga solib, ustiga qaynagan suv quyamiz. Ertalab bir dona anjirni yeb, 3 osh qoshiq suvidan ichiladi. Tushlikda ikkinchisi, kechki ovqat vaqtida esa uchinchisini iste’mol qilib, suvi ichiladi. Bu muolaja 1 hafta davom etadi.
🌹Olcha
100 gr. olchaning kurtakli shoxlari barglari bilan birga kesib olinib, 0,5 litr suv solib 30 daqiqa davmida past olovda qaynatiladi. Tayyor sharbatni bir kunda 3 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.
🌹Limon va asal
10 dona limonning ichki qismi ajratib olinib, yaxshilab eziladi. So’ng unga 10 dona sarimsoqpiyoz donachalari ezib qo’shiladi. Bu massani 1 litr toza asalga (shakarsimon bo’lib qolgan asal bo’lsa maqsadga muvofiq) qo’shib aralashtiriladi. Aralashmani salqin, oftob nuri tushmaydigan joyda 10 kun davomida saqlash lozim. Shundan so’ng, uni har kuni 4 choy qoshiqdan ichish tavsiya etiladi.
🌹Yovvoyi yertut bargi
3 osh qoshiq maydalangan yovvoyi yertut (qulupnay) bargini 700 ml. suvga solib sirli idishda 3 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. So’ng massa sovutilib, dokada suzib olinadi va har kuni 200 ml.dan 3 marta ichiladi. Muolaja 5 kun davom etadi.
🌹Yong’oq va asal
200 gr. grek yong’og’ini hovonchada tuyib, un shakliga kelgunicha maydalanadi. So’ng ushbu kukun 500 gr. toza asalga qo’shiladi va aralashtiriladi. Tayyor massani 1 hafta davomida bir kunda 3-4 choy qoshiqdan iste’mol qilib turasiz.
🌹Sabzi, kartoshka, lavlagi, bodring
Yuqorida keltirilgan har bir sabzavot ezilib, 125 ml. dan sharbati bir idishga solinadi. Ushbu suyuqlik bir kunda 2 osh qoshiqdan ichiladi. Ammo shuni aytish lozimki, suyuqlik ichilayotgan vaqtda go’sht va baliq mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilish mumkin emas.
🌹Dengiz karami
Dengiz karami bazedov kasalligi (qalqonsimon bez funksiyasining buzilishi natijasidagi kasallik)ning yengil formalarini tuzatishda xalq tabobatida ishlatiladi. Buning uchun quritilgan dengiz karami maydalanadi. 1 choy qoshiq maydalangan dengiz karamini qaynatilgan suv bilan bir kunda 3 marta ovqatdan oldin ichiladi. Muolaja 30 kun davom etadi.
🌹Xurmo
Xurmoni bir kunda 1 donadan yeyish ham bo’qoq kasalligini davolashda qo’l keladi.