Odatda, aksariyat ota-onalar bola bilan muntazam mashg’ulotlar olib boorish, birgalikda turli o’yinlar o’ynash, uni turfa to’garaklarga jalb qilish aqliy rivoshlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi deya hisoblaydilar.
Ammo, britaniyalik tadqiqotchi Devid Uaytbred ko’p hollarda yolg’iz qoluvchi bolalar intelekti o’zgalarnikiga nisbatan yaxshiroq rivojlanishi haqidagi fikrni ilgari surib, bu borada ma’lum izlanishlar olib bordi.
63% ota-onalar fikricha, bola bilan doimiy ravishda shug’ullanish uning intellektual layoqatini osonlik bilan rivojlanishiga olib keladi. Bu borada pedogokika fani bo’sh qolgan bola uchun turli-tuman qiziqarli mashg’ulotlar topishni qo’llab-quvvatlaydi. “Bo’lmagan gap”-deydi Uaytbred bunga javoban. Bolakay atrofdagi olamni mustaqil ravishda tushunib borishi lozim.
Yolg’izlikda bola kuchuklar mushuklarning ketidan quvishi, arilarning gullar atrofida parvona bo’lishini kuzatar ekan, dunyo haqida boshlang’ich fikrlarini hayoldan o’tkazadi. Doimiy va qat’iy nazorat, tengdoshlari bilan o’ynashga to’sqinlik qilish, uning olam haqidagi ilk fikrlariga putur yetkazishi ehtimoldan holi emas.
Natijada bolalarning kattalar yo’l-yo’rig’isiz biror ish qila omaydigan bo’lib ulg’ayishi hollari kuzatiladi. Bolani hech bo’lmaganda bir necha soat yolg’iz o’ynashiga qo’yib bering – deydi Devid Uaytbred. – Bu vaqtda u o’zi istagan narsa bilan shug’ullansin. Ammo, uning havfsizligi va yaqin atrofda ekanligini e’tibordan chetda qoldirmang.
Bolalar kattalar ishtirokisiz bir-birlari bilan qizg’in muloqotga kirishadilar, biroq ulardan havotir olgan ota-onalar uni yolg’iz ko’chaga chiqishiga to’sqinlik qiladi. Buning natijasida zerikkan bola soatlab kompyuter va televizor qarshisida qolib ketadi.