davrda transport-logistika tarmog’idan, xususan, O’rta yo’lakdan foydalanish o’ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu yo’nalishda esa O’zbekiston asosiy rollardan birini o’ynaydi.
— Bu mamlakatlarimiz uchun katta imkoniyat ochadi, — deydi ekspert. — Umuman, so’nggi paytda savdo-iqtisodiy munosabat jadal rivojlanmoqda. Birgina o’tgan yil tomonlar sa’y-harakati tufayli o’zaro tovar ayirboshlash miqdori 53 foiz oshib, 118.8 million dollardan 181.8 million dollarga ko’tarildi.
“Janubiy Kavkaz” siyosatshunoslar klubi rahbari Ilgar Valizoda muhokamani davom ettirarkan, hamkorlikni kengaytirish bo’yicha davlatlarimiz o’rtasidagi qator istiqbolli yo’nalishlar mavjudligiga e’tibor qaratdi.
Mutaxassis mamlakatimizning g’o’za seleksiyasi bo’yicha muvaffaqiyatiga urg’u berib, Ozarbayjon yangi g’o’za navlarini yetishtirishda O’zbekiston tajribasini qo’llashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Ozarbayjonga eksport qilish yo’lga qo’yilgan o’zbek ipagiga ham qiziqish ortganiga alohida to’xtaldi.
Ozarbayjon Iqtisodiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi, iqtisod fanlari nomzodi Emin Mammadzoda Ozarbayjonning ozod qilingan hududlarini tiklashda O’zbekiston ko’rsatayotgan yordamni, xususan, respublikamiz Fuzuliy shahridagi umumta’lim maktabi qurilishiga ko’maklashish majburiyatini olganini hamkorlikning muhim yo’nalishlaridan biri sifatida ko’rsatdi.
Iqtisodchining so’zlariga ko’ra, bunday misollar o’zaro munosabatning yuqori darajasini ifodalaydi.
— Ushbu aloqalar yanada rivojlanib boradi, — deya xulosa qildi ekspert.
Videokonferensiya ishtirokchilari ekspertlar muloqotini muntazam o’tkazish va keng targ’ib qilish muhimligiga e’tibor qaratdilar. Zero, aynan tahliliy markazlarning birgalikdagi faoliyati davlat rahbarlari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar ro’yobiga hissa qo’shishi mumkin. Yangi g’oyalarni vaqtida saralab olish va aloqalarni mustahkamlash, zarur yo’nalishlarda rivojlantirish zarur.
Ekspertlar bo’lajak Ozarbayjon — O’zbekiston mintaqalararo forumi hamkorlik ko’lamini kengaytirishga kuchli turtki berishini ta’kidladilar. Foydalanilmayotgan zaxiradan, qo’shimcha imkoniyatlardan samarali foydalanish yangi qo’shma g’oyalar yaratish, sanoat kooperatsiyasi va sarmoyaviy sohada mintaqalar aro aloqani chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.