Dunyo davlatlarining go’sht iste’moli bo’yicha reytingi e’lon qilindi. Unda O’zbekistonda mol go’shti iste’moli bo’yicha dunyo davlatlari ichida 6-o’rinda qayd qilingan. Bu borada Argentina, Zimbabve, AQSh, Avstraliya va Braziliya bizdan oldinda. Hisob-kitoblarga ko’ra, O’zbekistonda bir kishi bir yilda o’rtacha 31,6 kg mol go’shti iste’mol qiladi.
Bu degani o’zbekistonlik bir kunda o’rtacha 86,5 gramm go’sht yeydi.
Reytingda cho’chqa go’shti bo’yicha Hongkong, echki (qo’y) go’shti bo’yicha Mo’g’uliston yetakchi. Baliq va dengiz taomlari bo’yicha Islandiyaga yetadigan yo’q.
Izohlarni ko`rish