Biz haqiqiy vatanparvar va jangavor insonlarni tarbiyalashimiz kerak, parazit va kalamushlarni emas

Qiziquvchan kimsalar Sheyx Rashidan yurti kelajagi haqida so’rashibdi.U shunday deb javob qilibdi:

 

«Bobom tuyadan transport vositasi sifatida foydalanganlar, otam ham tuyadan foydalandi, men esa Mersedes avtomobilidan, farzandim Lend Rover avtomobilidan, nevaram ham undan zo’r avtomobildan foydalanadi, nevaramni farzandi esa tuyadan foydalanadi…….

 

Nega unday deb o’ylaysiz? Chunki og’ir davrlar kuchli insonlarni yaratadi, kuchli insonlar yengil hayotni yaratishadi, yengil hayot ojiz va kuchsiz insonlarni yaratadi, ojiz va kuchsiz insonlar og’ir hayotni keltirib chiqaradi.Ko’pchilik tushunib yetmaydilar, biz haqiqiy vatanparvar va jangavor insonlarni tarbiyalashimiz kerak, parazit va kalamushlarni emas.

 

Dubay shahari asoschisi – Sheyx Rashid.

 

 

Manba: @etnosuz