Bill Geyts oxirgi o'qigan 3ta eng yaxshi kitoblarini sanadi

Microsoft asoschisi Barak Obamaning “Va’da qilingan zamin” kitobini eng yaxshi memuarlardan biri, deb atadi.

 

Geytsning so’zlariga ko’ra, Richard Poversning “The Overstory” asari yovvoyi tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan juda yaxshi murojaat. Kitob 2019 yilda Pulitser mukofotiga sazovor bo’lgan.

 

Geyts sanagan 3 asar Jeffri Immeltning “Hot Seat” kitobi bo’ldi. Asar muallifning 2008 yil global iqtisodiy inqiroz davridagi “General Electric” kompaniyasidagi boshqaruvchilik tajribasidan hikoya qiladi.

 

Manba: Aniq.uz