BILASIZMI?..

 

O’ZBEKISTON QONUNChILIGIDA UMUMAN IShLAMAYDIGAN QONUN NORMASI MEHNAT KODEKSINING 115-MODDASI DEYISh MUMKIN…

Qonun normasida:

Xodim uchun ish vaqtining normal muddati xaftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. 6 kunda 7 soatdan yoki 5 kun 8 soatdan.

Amaliyotda:

6 kun 11 yoki 12 soatlab to’liq ish (kamida), hattoki yakshanba ham ishga keluvchilar bor.

Kechki payt ishdan kech ketayotganingda birov indamaydi, lekin ertalab 9-00 dan 5 daqiqa kech qolsang ham tushuntirish xati yozishgacha olib boriladi.

Boshliq ketmaguncha birov ketolmaydi. Ishi yo’q o’zi. Lekin nimadir qilib o’tiradi. Internet titkilab. Kutilmaganda boshliq ish buyurib qolishi mumkin-da (23-40 da bo’lishiyam mumkin).

Kim ishdan kech ketsa, u eng zo’r ishlayotgan bo’ladi.

Boshqalar ham shunaqa kech ketishi bilan ishlagandek ko’rinadiganlar dastidan majbur ishdan kech ketishadi.

Oylikni lekin 40 soatga oladi.

Qonunda «shapaloqdek» qilib yozib qo’yilgan bo’lsa ham, boshliqqa bu bo’yicha g’iring deyilmaydi. Deyisholmaydi. Agar aytilsa, boshliq yo’q demaydi.

Lekin ishidan boshqa kamchilik topilib «po’stagini qo’liga tutqazadi».

Eng yomoni ko’p ishlash ortidan oilaga vaqt ajratilmaydi. Bunaqa ishning badalini yaqin kelajakda betga sapchuvchi farzandlar, sog’liqni yo’qotish, asabiy xotin, ajralishlar ko’rinishida oladi.

Bunaqa tartiblar faqat davlat ishlarida emas…

Bahodir Axmedov

loading…