BILASIZMI?..

 

 

KOKA-KOLA HAQIDA HAQIQATLAR

 

Koka-kola ichimligi doktor-dorishunos Jon Pemerton tarafidan 1886 yili yaratilgan. Jon bu ichimlikni tibbiyot ichimligi deb hisoblagan va oshqozon og’rig’ini qoldirishiga qattiq ishongan. Dastlab koka-kolaga kokain qo’shilgan. Hozirgi kunda bu narsa olib tashlangan. Ammo baribir kompaniyadagilar har yili 100 tonna kokain bargini sotib olishda davom etishmoqda.

Bir litr koka-kola ishlab chiqarish uchun 2 litr toza suv zarur bo’ladi. Hindistonda ichimlik suvi tanqisligi bois 2004 yili hindlar kompaniyaga qarshi norozilik aksiyalarini tashkil etishgan.

Koka-kola ichimligi tarkibiga gazli suv, shakar, karamel rangi, fosfor kislota, kofein qo’shiladi.

Aytishlaricha, koka-kola organizmda kalsiy yetishmasligi, saraton, depressiya, tishdagi muammolar va charchoqqa qarshi kurasharkan.

Tag’in xudo biladi.

 

BILASIZMI?..BILASIZMI?..BILASIZMI?..