BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

Vrachlar zamonaviy avtomobil yo’llari haqida suhbatlashyapti:

— Bizning yo’llar dunyodagi eng yaxshi yo’llar, ha! Ular churrani to’g’rilashda, buyrakdagi toshlarni haydashda juda katta foyda beradi.

* * *

— Oshna, mening xotinim yaramas.

— Unda ajrash!

— Ilojim yo’q, u mening hayotimni asrab qolgan.

— Qanday qilib?

— Uylanmasimdan oldin miltiqni peshonamga to’g’rilagan-da, nikohimga olmasam, otib tashlashini aytib qo’rqitgan.

* * *

Muallima beshinchi sinf o’quvchisidan so’radi:

— Tasavvur qil, shimingning bir cho’ntagida o’n ming, boshqasida o’ttiz ming so’m pul bor ekan. Bu nima degani?

— Bu boshqa birovning shimini kiyib olibman degani.

* * *

Vrach harbiy xizmatga chaqirilgan yigitdan so’radi:

— Qo’lingga nima qildi?

— Qo’limdan qon olishgandi.

— Unda nega gipslab olding?

— Men qon berishni xohlamagandim.

* * *

Komandir:

— Oddiy askar, Eshmatov, safdan chiq!

Eshmatov hushidan ketib yiqildi.

Komandir:

— Unga nima bo’ldi?

Askarlardan biri:

— Safdan chiqdi!

* * *

Ikki mushuk to’tiqushlar qafasi yonida turib bahslashyapti:

— Men qizilini yeyman.

— Nega endi?

— Sherigi yashil ekan. Hali pishmaganga o’xshaydi.

* * *

Bemor vrachga uyqusizlikdan shikoyat qilyapti:

— Masalan, bugun kechasi o’n ikki marta uyg’ondim, shundan keyin umuman uxlay olmadim.

* * *

Tiqilinch avtobus haydovchisi yo’lovchilardan birini oldinga o’tishga undadi.

Yo’lovchi:

— Men manzilimga avtobusda yetib olish uchun pul to’laganman, piyoda ketish uchun emas!

* * *

Ayol dugonasiga dedi:

— Kecha erim bilan karavotda gaplashib o’tirgandik. Juda kulgili ish bo’ldi.

— Nima bo’ldi?

— Gaplashib o’tirsak, birdan tashqari eshik taqillab qoldi… Ikkalamiz ham shosha-pisha shkafga berkinib olibmiz.

* * *

Boks chempioni navbatdagi g’alabadan so’ng muxbirlarning savollariga javob beryapti.

—  Siz tumor kuchiga ishonasizmi?

— Ishonaman. Yo’qsa, qo’lqopimning ichiga baxt keltiruvchi ot taqasini joylab olmagan bo’lardim.