MAKKAJO’XORI HAQIDA HAQIQATLAR
Olimlarning fikricha, makkajo’xorining vatani Meksika hisoblanarkan. Ayni shu mamlakatda minglab yillar oldin makkajo’xori uy sharoitida o’stira boshlangan. Lekin makkajo’xori yetishtirishni meksikaliklarning o’zi emas, shu hududda yashovchi hindu qabilalari o’ylab topgan.
Hozirda har bir meksikalik yiliga 90 kilogrammdan ziyod makkajo’xori iste’mol qiladi. Aytishlariga qaraganda, makkajo’xorining ildizlari yer ostidagi oltin zarralarini yutarkan. Agar bir tonna makkajo’xori poyasini yoqsangiz, bir necha gramm sof oltin ajralib chiqadi.
Bodroq tayyorlash uchun makkajo’xorining alohida navi ishlatiladi. Umuman aytganda, bodroq tayyorlash Amerikada paydo bo’lgan. 1895 yili aka-uka Kellogglar bodroq tayyorlab sotish uchun davlat patentini qo’lga kiritgan. Tibbiyot xodimlari esa doimiy ravishda makkajo’xori iste’mol qilishni maslahat berishadi. U tish emallarini mustahkamlab, miya va oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilarkan. Bundan tashqari, saraton bilan xastalanganlar uchun profilaktika vazifasini ham o’tarkan.
Qolaversa, hayotning o’zida bir narsa isbotlangan. Odamlar makkajo’xoridan un tayyorlab zog’ora non yopishadi. Bu non juda to’yimli va tarkibida organizm uchun o’nlab foydali moddalar mavjud. Uni bekorga bahodirlar ovqati deyishmaydi. Makkajo’xori haqiqatan erkak va ayollarga qo’shimcha quvvat ham beradi.