* * *
Qishloq ko’chasi bo’ylab harbiy mashinalar kolonnasi ketib borardi. Bir mahal mashinalardan biri to’xtab, ichidan ofitser qo’lida xarita bilan chiqdi va bir xaritaga, bir atrofga hayron razm soldi. Shunda hovlilardan birida bolakayning tovushi eshitildi:
— Oyi, qarang, harbiy xaritasini chiqardi. Hozir bizdan yo’l so’ray boshlaydi.
* * *
— Oddiy askar Eshmatov! Dushmanni ko’rib qolsangiz qanday qadamlardan foydalanasiz?
— Katta qadamlardan.
* * *
Shoh armiyasi. Komandir askardan so’radi:
— Nima sababdan sen shoh, Xudo va vatan uchun jon berishing lozim?
— Men ham shuning sababini bila olmay halakman.
* * *
Jinnixonada.
— Do’xtir, o’zini mototsikl qilib ko’rsatayotgan jinnini mening palatamdan olib chiqib keting!
— Nega? Shovqin xalal beryaptimi?
— Yo’q, zaharli gazlar xalal beryapti.
* * *
Bir erkak vrach huzuriga kirib baqira boshladi:
— Ko’zlarimga nima qildi? Ko’zlarimga nima bo’ldi?
— Tinchlaning! Sizda gemorroy bor ekan.
— Nima? Yuzimda gemorroy nima qiladi?
— Ie, hali bu yuzingizmi?
* * *
Erkak vrach huzuriga kelib dedi:
— Men o’zimni osaman! Bugunoq osaman!
— Nima bo’ldi o’zi?
— Xotinim menga xiyonat qiladi. Qizim kimdandir homilador bo’lvolibdi. Buyam yetmaganday, kechasi ko’rpani ho’l qilib qo’yadigan bo’lganman.
— Xavotir olmang. Manavi dorini oling. Bir haftadan keyin kelasiz, tekshirib ko’ramiz.
Erkak bir haftadan so’ng keldi.
Vrach:
— Xo’sh, endi qalay?
— Hammasi yaxshi, do’xtir! Xotinim xiyonat qilyapti. O’lib ketsin. Qizim homilador. Mayli, tug’sa, birgalashib katta qilamiz nevarani. Kechasi to’shagimni ho’l qilib qo’yaman… Axir, kunduzi quritib qo’yaman-ku!
* * *
Keksa jarroh shogirdiga dedi:
— Bugun sening birinchi operatsiyang. Juda hushyor bo’l. Aks holda qo’lingni kesib olishing mumkin.
* * *
— Bemor, sizni yarim soatdan beri tekshiryapman. Hech qanday kasal topa olmadim. Siz soppa-sog’siz.
— Do’xtir, agar qaysi kasal bilan og’riganimni aytsam, maoshingizni arra qilamizmi?
* * *
Bemorning sochida bit borligini payqagan vrach undan so’radi:
— Sochingizni bit bosganidan xabardormisiz?
— Xabardorman.
— Ularni nima bilan davolayapsiz?
— Ular hali kasal bo’lganlaricha yo’q.
* * *
Muallima:
— O’quvchilar! Hech qachon jonivorlarni o’pmanglar! Bu narsa turli kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin. Xo’sh, shunga kim yaqqol misol keltira oladi.
Eshmat:
— Men!
— Qani, keltir-chi!
— Xolamning to’tiqushi bor edi. Xolam har kuni uni erkalab o’pardi.
— Keyin-chi?
— Oxiri to’tiqush jinni bo’p qoldi.