Bezbet ayolning bema'ni qilig'i

Amerikaning Texas shtati Killin shahrida istiqomat qiluvchi erkak uyida notanish ayol borligini ko’rib, hushi boshidan uchay dedi. Bu haqda «Daily Star» nashri yozmoqda.

Uy egasi yarim tunda qo’shni xonadagi shovqin-surondan uyg’onib ketdi. Ertalab esa u yerda begona ayol uxlab yotganini ko’rdi. Erkak ayolni uyidan haydab chiqara olmaganidan so’ng politsiyani chaqirishga majbur bo’ldi.

Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelishganida 28 yoshli Xovita Von bu yerda 2009 yili yashaganini aytib, uydan chiqib ketishni xohlamadi. Shundan so’ng politsiyachilar ayolni o’zganing uyiga noqonuniy tarzda kirishda ayblashdi va uni hibsga olishdi. Ammo Xovita hibsga olish chog’ida tartib posbonlaridan birining yuziga tupurishga ulgurdi. Bu esa davlat xizmatchisini haqorat qilish, deya baholandi. Shu tariqa bezbet ayol ruxsatsiz birovning uyiga kirib olgani kamlik qilgandek ushbu xurmacha qilig’i uchun ham javob beradigan bo’ldi.