Bayrami dasturxonini bezashda rioya qilinadigan zarur talablar ma'lum qildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi yangi yil bayrami va dam olish kunlari ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olishda rioya qilinadigan zarur talablarni ma’lum qildi.

 

Shu kunlarda oila boshliqlari va uy bekalari tomonidan ushbu kunga tayyorgarlik ko’rish munosabati bilan savdo do’konlari, bozorlar va shu kabi oziq-ovqat mahsulotlarining savdosi uchun tashkil etilgan yarmarkalardan xarid qilish uchun yaxshi kayfiyatlarda u yoki bu kabi mahsulotlarni xarid qilishga shoshilib bayram dasturxonini turli xil yegulik va ichimliklar bilan bezash xarakatiga tushib qolganmiz.

 

Qo’mita tomonidan har bir mahsulotni xarid qilishda faqat ularni ruxsat etilgan joylardan xarid qilishni, qolaversa ularning sifatiga kafolat beruvchi hujjatlari mavjudligiga ishonch hosil qilish tavsiya qilinmoqda.

 

Xususan, mahsulotlarning iste’molga yaroqlilik muddatlari, ularga xos belgilari o’zgarmaganligi, aynimaganligi kabi belgilariga e’tiborli bo’lishimiz kerak.

 

Vahonalki ba’zi bir uy bekalar tomonidan bayram dasturxoni uchun qo’yiladigan yeguliklar, har-xil turdagi issiq va sovuq gazaklar, shirinliklar, taomlar va ichimliklar xaddan tashqari ortig’i bilan tayyorlanib, bir vaqtning o’zida ularning bir-biriga mos yoki mos emasligiga e’tibor bermasdan fuqarolarimiz tomonidan iste’mol qilinishi oshqozon ichak faoliyatining buzilishi, vaqtida xazm bo’lmasligi oqibatida kutilmaganda aynan inson omilining ta’sirida u yoki bu ko’rinishdagi kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.

 

Qolaversa ushbu dasturxon atrofida yig’ilganlar orasida yosh bolalar va yoshi kotta otaxon va onaxonlarning sog’ligiga xavf solishi ehtimoldan holi emas.

 

Siz bilan biz shu narsani doimo yodda tutishimiz kerakki har bir oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlarni iste’mol qilishimizda har birimizning yoshimizga e’tiborli bo’lishimiz shart.

 

Shu narsani unitmaylikki birgina bayram munosabati bilan me’yoridan ortiq, moneligi bo’yicha bir-biriga mos bo’lmagan taomlarni bir vaqtning o’zida iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

 

Keyingi vaqtlarda aholi o’rtasida aynan inson omiliga bog’liq bo’lgan holatlarda, qolaversa uy sharoitlarida tayyorlangan va germatik idishlarga qadoqlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida ovqatdan zaharlanishning eng og’ir turlaridan bo’lgan “BOTULIZM” kasalligi qayd etilayotganligidan OAV orqali barchamiz xabardormiz va ayrim insonlarning hayotdan erta ketishiga sabab bo’layotganligi afsuski uchrab turipti.

 

Shu kabi ko’ngilsizliklarning oldini olish maqsadida avvalom bor konserva mahsulotlarini uyda tayyorlamaslik, maboda shu kabi mahsulotlarni dasturxonda ko’rganingizda iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.

 

Yangi yilni ko’tarinki kayfiyatda kutib olish uchun shu kabi tavsiyalarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.

BO’LIShISh Facebook Twitter Avvalgi2023 yil davomida aniqlangan qalbaki farmatsevtika mahsulotlari ma’lum qilindiKeyingiZamonaviy tez tibbiy yordam avtomobillari topshirildi Behruz Hayitov O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN Bayrami dasturxonini bezashda rioya qilinadigan zarur talablar ma'lum qildi Bu qiziq Farrosh belkurak va supurgi bilan qorga chizgan rasmlar Rossiyada shov-shuv bo’ldi Bayrami dasturxonini bezashda rioya qilinadigan zarur talablar ma'lum qildi Bu qiziq Yangi yil olivyesini tayyorlash qanchaga tushadi? Bayrami dasturxonini bezashda rioya qilinadigan zarur talablar ma'lum qildi Bu qiziq Dubayda garovga ushlab turilgan vatandoshimiz qutqarildi FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here

Tavsiya qilamiz Bayrami dasturxonini bezashda rioya qilinadigan zarur talablar ma'lum qildi Yurtimizda Toshkent metrosi yangi yilga o’tar kechasi 1 soat ko’proq ishlaydi Navbahor Inomjonova — 27.12.2023, 13:54 0