Barcha Iphone modellari bitta rasmda – eng chiroylisi aniqlandi!

Apple kompaniyasi o’n yildan oshiqroq vaqt mobaynida bor-yo’g’i 18 modelda Iphone taqdim etgan. Taqqoslash uchun aytib o’tish mumkinki, uning «ashaddiy raqibi» – Samsung har yilda deyarli shuncha modelda smartfon yaratadi. Ammo eng «sermodel» smartfonsoz baribir koreyaliklar emas, balki «xitoylik Apple» hisoblanadi.

 

Shu kunlarda Apple fanatlaridan biri barcha modellarga mansub Iphone larni jamlab, bitta suratda aks ettirdi. Mazkur rasmni u internetga joylab, kupertinolik gigantning ishqibozlaridan ular orasida eng chiroylisini tanlashlarini so’radi.

Tabiiyki, «olmaxo’r»lar barcha Iphone lar orasidan eng ko’rkamini tanlashdek imkoniyatni qo’ldan chiqarishmadi. Qizig’i – ularning ko’pchiligi bu borada bitta qarorga kelishdi.

 

Tabiiyki, chiroy masalasida har kimning o’z fikri, didi bo’ladi. Lekin qaysi ayfon eng bejirim ekani borasida aksariyat Apple fanatlarining fikri bir joydan chiqdi.

Barcha Iphone modellari bitta rasmda – eng chiroylisi aniqlandi!

Ularning fikricha, Black & Slate («grifelli qora») rangdagi Iphone 5 modeli – Apple smartfonlari orasida eng ko’rkami ekan. Ayni mana shu qurilma kupertinolik gigant dizaynerlari mahoratining cho’qqisi, deya baholandi.

Barcha Iphone modellari bitta rasmda – eng chiroylisi aniqlandi!

 

O’z-o’zidan ma’lumki, boshqa modellarning ham ishqibozlari bisyor bo’ldi. Hatto mutaxassislar tomonidan eng omadsiz, deya baholangan – plastik korpusli Iphone 5c ham ayrim ishqibozlar nazdida eng chiroyli ayfon ekan.

Xo’sh, sizningcha, Iphone larning eng chiroylisi qay biri?

 

manba: terabayt.uz