Alyaskaning serqatnov yo’llaridan birida “imillagan” ayiq sababli tirbandlik kelib chiqdi.
“autorambler.ru”ga asoslanib O’zAning yozishicha, haydovchilar yirtqichni cho’chitib yubormaslik uchun signal bermaganlar va quvib ham o’tmaganlar, ehtiyotkorlik bilan harakat qilganlar. Shu bilan birga, ayiqning orqasidan sekin harakatlanishga majbur bo’lishgan.

Shunisi qiziqki, yirtqitch mashinalar va odamlarning orasida bo’lishiga qaramasdan o’zini yo’qotib qo’ymadi, avtoulovlar yonidan indamay o’tib ketib, yo’lida davom etgan.