To’ygacha erkak va ayol bir-birlariga “Menga faqat sen yoqasan” deyishsa, to’ydan so’ng “Sen faqat menga yoqasan” deyishadi.
***
Sevsang, shunday ayolni sevginki, xotining tutib olganda ko’rsatishga odam uyalmaydigan bo’lsin.
***
Erkak o’zini yomon his qila boshlasa, ayol qidirishga tusharkan. O’zini yaxshi his qila boshlasa, yana bir boshqa ayol qidirib qolarkan.
***
Shkafga o’zi shkafga o’xshaydigan jazman hech qachon yashirinmaydi.
***
Erkakning baxtli bo’lishi uchun ayol kerak. To’liq baxt uchun esa, to’la ayol kerak.
***
Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik tufayli odam nafaqat o’lishi, balki, umuman tug’ilmasligi ham mumkin.
***
Xo’sh, yolg’iz erkak uylangan erkakdan qanday farqlanadi. Men sizga aytaman. O’lg’iz erkak uydagi ishlarning barchasini o’zi bajaradi. Uylangan erkakni esa, shu ishlarni bajarishga xotini majburlaydi.
***
Donjuanning ezgu tilagi:
Yo Xudoyo Xudovando, oxirgisi bo’lmasin!