1. Hech qachon shoshilib turli hulosalarga bormang!
Bunday odat bizni ikki karra o’ldira olish kuchiga ega. O’zimizcha nima bo’lishini bilgandek bo’lamiz-da, shoshilib qarorlar chiqaramiz. Bundan tashqari odamlarni fikrini o’qigandek bo’lamiz va ularning harakatlarini tushunishga urinamiz. Aynan shu narsa yaqinlarimiz bilan oramizdagi iliq munosabatlarimizni buzadi. Birov bilan gaplashmay, fikrini aniq bilmay turib hech qachon ko’nglingizni undan qoldirmang.
2. Kichik narsani kattalashtirmang.
Ko’pchiligimiz kichik omadsizliklarga uchrab qolsak, darxol tushkunlik libosini kiyib olamiz. Aslida ularni tik turib, g’urur bilan yengib o’tishimiz kerak emasmi? Pashshadan fil yasash kabi odatlarimizni bekor qilishimiz kerak. Bunday odatlar bizni odamlarning rahmini keltiruvchi shaxs qilib ko’rsatadi.
3. Qoidalar o’ylab topmang.
Biz o’ylab topgan “kerak”, “zarur” qoidalar hech kimga kerak emas, ayniqsa bizga. Bularning barchasi safsata gaplar. O’zimiz o’ylab topgan qoidalar bizni keraksiz yoki hech nima qo’lidan kelmaydigan inson qilib ko’rsatadi. Hayotni iloji boricha oson qabul qila olishimiz zarur.
4. Yo’lingizdan duch keladigan to’siqlardan qoching!
Maqsadlaringiz ushalmay qolsa, ortga chekinmang. O’z yo’lingizda to’siqlar barpo etmang, sizga ishonmaydigan salbiy gaplar gapiruvchi insonlardan qoching. Ular hayotingizda to’siq yaratishga harakat qilishadi. Ehtiyot bo’ling, gapirayotgan gaplaringizni bilib gapirig.
5. Mukammal bo’lish uchun harakat qilmang.
Bu dunyoda hech kim mukammal bo’la olmaydi. Shunday ekan, ishda ham, shahsiy hayotda ham hamma narsa mukammal bo’lshi uchun haddan ziyod kuch sarf qilmang.
6. Hamma narsani ham yuragingizga yaqin olmang.
Har bir gapga e’tibor beraversangiz bunday yashab nima qilasiz? Odamlarning gapi bilan emas, o’z prinsiplaringizga binoan yashang. Sizni bilmaydigan insonlar siz haqingizda qanday o’ylashlari bilan qiziqmang. Siz haqingizda biladigan esa g’iybat qilsalar ikki karra befarq bo’ling. Aks holda o’z hayotingizda emas, balki gaplar dunyosida yashayotgan bo’lasiz.