56 yoshli Maykl Pakkard Massachusets shtatining Uellflit shahrida baliq sotish uchun litsenziyaga ega ovchidir. Mayklning so’zlariga ko’ra, u hammasini tugadi, deb o’ylagan, chunki kit uni butunlay yutib yuborgan edi.
«To’satdan men kuchli zarbani sezdim va keyin yodimda qolgani – atrofdagi hamma narsa qorong’i bo’ldi va butunlay zimistonga aylandi. Men o’zimni qaergadir harakatlanib ketayotganimni, kit og’zidagi mushaklari bilan siqib olganini his qilar edim», – deydi Pakkard kasalxonada.
Avvaliga u o’zini akula og’zida deb o’ylagan, ammo tishlarning yo’qligini bilgach, uni kit yutib yuborganini anglagan.
«Men hech qachon chiqmayman, tugadim, o’likman» deb o’yladim. Xayolimdagi yagona narsa o’g’illarim bo’lib, ular 12 va 15 yoshda edi», – deb eslaydi Maykl.
Shokning birinchi lahzalaridan so’ng Pakkard kitdan chiqishga urinib ko’rgan, u akvalangi bilan yutishga faol qarshilik ko’rsatishni boshlagan. Kitga bu yoqmagan va u suv yuziga ko’tarilib, ovchini chiqarib tashlagan.
«Men to’satdan yorug’likni ko’rdim, kit boshini u tomondan bu tomonga silkita boshladi va men bilgan yagona narsa – men tashqarida edim», – deydi Pakkard. Uning taxminicha, u kit ichida 30-40 soniya davomida bo’lgan.
Atrofdagi ekipaj a’zolaridan biri esa kit Mayklni suvga tupurganini ko’rib, uni qayiqda kasalxonaga olib bordi. Omar ovchisi hech qanday sinishsiz yengil jarohatlar bilan kitdan qochib qutulgan va bir necha soatdan keyin shifoxonadan chiqishiga ruxsat berilgan.
Sohil tadqiqotlari markazi direktori Juk Robbinsning aytishicha, kit odamni tasodifan yutib yuborgan. Yirtqich kitlarining tishlari yo’q va ularning qizilo’ngachlari juda kichkina bo’lib, aslida odamni yutib yubora olishi mumkin emas. Pakkardning so’zlariga ko’ra, kitning kattaligi o’rtacha bo’lgan, shuning uchun Robbins uni kitning bolasi deb taxmin qilgan.