AQShning Los-Anjeles shahrida 4 267 kvadrat metrlik dunyodagi eng katta pissa tayyorlanmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Pissa pishganidan keyin 68 mingdan ortiq bo’lakka bo’linadi. Uni tayyorlash uchun 6,193 kilogramm xamir, 2,244 kilogramm sous, 3,992 kilogramm pishloq va 630 496 ta kolbasa ishlatilgan. AQShdagi Pizza Hut restoranlar tarmog’i prezidenti David Graves jarayon haqida fikr bildirgan:
«Biz Los-Anjelesdagi anjumanlar markazidamiz va bugun dunyodagi eng katta pissa bo’yicha jahon rekordini yangilayapmiz. Shu tariqa Big New Yorker pissamizning dunyodagi eng kattasini tayyorlashga qaror qildik. Ko’rib turganingizdek, katta jamoa ishlamoqda. Pissaning o’lchamiga qarang, u taxminan 4 267 kvadrat metrni tashkil qiladi. Pissa tayyor bo’lgach, 68 ming bo’lakka bo’linadi. Ajoyib tomoni shundaki, uning hech biri isrof bo’lmaydi. Biz uni Los-Anjelesdagi ba’zi mahalliy oziq-ovqat xayriya jamg’armalariga yuborishimiz mumkin. Shunday ekan, bundan xursandmiz», — deydi u.
Ta’kidlanishicha, pissa 48 soatda tayyor bo’lishi kutilmoqda, u shu tariqa dunyodagi eng katta pissaga aylanadi.