🔘Amerika armiyasidagi eng keng tarqalgan modifikatsiyasi – 120 mm to’p bilan jihozlangan M1A2.
🔘Tank ekipaji – 4 kishi, avtomatik o’qlash tizimi yo’q. Texnikaning afzalliklari orasida old tomon zirhlarning mustahkamligi qayd etiladi.
🔘Yana bir afzalligi – navigatsiya va identifikatsiya tizimi. Abrams’ning so’nggi modifikatsiyalari maksimal darajada elektronika, jumladan, termal tasvir kameralari bilan jihozlangan.
🔘Mashina 1500 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan, uning og’irligi 60 tonnadan oshadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tank Ukrainadagi ko’priklar va tuproq qatlami uchun juda og’ir.
🔘Abrams bir nechta mojarolarni, jumladan Afg’oniston va Iroqdagi urushni boshdan kechirgan. Iroqda u bir qator muammolarga duch kelgan.
🔘Iroqdan keyin u jiddiy o’zgartirildi: tepasiga pulemyot uchun qalqon o’rnatildi, dvigatel bo’linmasi zaryadga qarshi panjara bilan himoyalandi va ekranlar qo’shildi.