AQSh fuqarolarining aksariyati Xitoyni AQSh uchun xavfli davlat deb atadi.
Bu haqda Fox telekanali Ronald Reygan instituti tadqiqotiga asoslanib ma’lum qilgan.
«Bizning tadqiqotimizda birinchi marta amerikaliklarning aksariyati AQSh uchun eng katta tahdid bo’lgan yagona mamlakat Xitoy deya tan olishdi», — deydi tadqiqotchilar.
Shunday qilib, AQSh fuqarolarining yarmidan ko’pi (52 foiz) Xitoyni mamlakat uchun eng katta tahdid, 14 foizi esa Rossiya deb atagan. Shu bilan birga, 2018 yildagi so’rovnomada amerikaliklarning 21 foizi Xitoyni o’zlari uchun xavfli mamlakat deya atagan va so’rovda qatnashganlarning uchdan bir qismi asosiy xavf deya Rossiyaga ishora qilgan.
Avvalroq, Kanadaning Aeroemploi portali Yer yuzidagi eng qudratli havo kuchlariga ega davlatlar ro’yxatini tuzgani haqida ma’lum qilgan edik.
Reytingda birinchi o’rinni turli modifikatsiyadagi uch mingdan ortiq samolyotlar bilan qurollangan Amerika harbiy havo kuchlari egallagandi. Maqola mualliflari, AQSh dunyodagi eng yaxshi jihozlangan va texnologik jihatdan ilg’or jangovar samolyotlarga ega ekanligini ma’lum qilgandi.