image0

Angliya shimolidagi Adrian devorida gladiator shaklidagi kamdan-kam uchraydigan pichoq dastasi topildi. Bu haqda SNN xabar berdi.

Artefakt topilgan tarixiy joyga g‘amxo‘rlik qiluvchi English Heritage xayriya tashkilotiga ko‘ra, mis qotishma pichoq dastasi “sekurator” deb nomlanuvchi gladiatorlar sinfini tasvirlaydi. 2000 yillik pichoq dastasi Tayn daryosidan topilgan.

Sekuratorlar – to‘liq qurollangan gladiatorlar bo‘lib, lotinchadan tarjima qilganda “ta’qibchilar” degan ma’noni bildiradi. Ular faqat kalta ko‘ylak yoki fartuk kiygan va o‘z ta’qibchisini o‘rab olish uchun ko‘targan to‘ridan foydalanishga harakat qilgan. Pichoq tutqichida tasvirlangan gladiator dubulg‘a kiygan, qo‘lida tanasini yopib turuvchi qalqon bor va qilichni ushlab turgan chap qo‘lini tashqariga chiqargan holda ishlangan. Chap qo‘l esa Rim dunyosida omadsiz deb hisoblangan.

“Britaniyada gladiatorlarning esdalik buyumlarini topish kamdan-kam uchraydi va bunday yaxshi saqlangan hamda qiziqarli asarni topish diqqatga sazovordir”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Shinjon shahridagi Syaoxe qabristonida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalarda topilgan tobut ichidan chiqqan zargarlik buyumi deyilgan noyob topilma pishloq bo‘lib chiqqandi. Qabristonda 2003 yilda olib borilgan qazishmalar paytida 3600 yillik tobut ochib ko‘rilgan edi. 21 yil o‘tgach, tadqiqotchi guruh tobut ichidan olingan detal kefir pishloqi degan xulosaga keldi.