Qadimgi Xitoyda ota-onalar uchun eng yaxshi sovg’a tobut hisoblangan. Tug’ilgan kunida ota-onaga yaxshi tobut berish o’g’li uchun maqtovga sazovor ish hisoblangan. Ushbu odat Xitoyda keng tarqalgan. Oldindan tayyorlangan tobut, u mo’ljallangan odam o’limigacha uyda ehtiyotkorlik bilan saqlangan. Qadimgi Xitoy tushunchalariga ko’ra, «O’limga tayyorgarlik ko’rish» degani: hayot davomida tobut va dafn kiyimlarini sotib olish yoki ikkalasini ham sotib olish uchun zarur miqdordagi pulga ega bo’lish hisoblangan.
Keyinchalik Xitoyning hamma joylarida bu odat keng tarqaladi, unga ko’ra bolalar 59 yoshida ota-onalariga dafn kiyimlarini berishgan. Bu farzandlik hurmatining ifodasi deb hisoblangan. Bunday sovg’ani olganlar ushbu kiyimlarni hayoti davomida kiyishgan, lekin faqat maxsus bayram kunlarida. Ushbu kiyim to’q moviy ipakdan tikilgan va maxsus ierogliflar bilan bezatilgan. Ushbu ierogliflarda inson umrini uzaytirishning sehrli qobiliyatiga ega deya hisoblashgan. Tobut mixdan foyda Eng yaxshi sovg’a – tobut
«Hordiq plyus» gazetasi endi telefoningizda! Marhamat, ochib o’qing!