Alsgeymer kasalligini sekinlashtiruvchi dori yaratildi

Yaponiya Sog’liqni saqlash vazirligi Alsgeymer kasalligining rivojlanishini sekinlashtirishi klinik jihatdan isbotlangan ilk dorini rasman tasdiqladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Gap Yaponiya farmatsevtika kompaniyasi Eisai tomonidan antikorlar asosida ishlab chiqilgan «Leqembi» preparati haqida bormoqda. U Alsgeymer kasalligi bilan og’rigan bemorlar miyasida beta-amiloid oqsil konlari darajasini kamaytirishga mo’ljallangan. «Leqembi» tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, preparat kasallikning dastlabki bosqichlarida bo’lgan bemorlarda 18 oylik davolanishdan keyin xotira va fikrlashning pasayishini taxminan 27% ga sekinlashtiradi.

Dorini sotish va ishlab chiqarish Yaponiya Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi ekspert komissiyasi tomonidan tasdiqlangan. Preparat noyabr oyidayoq Yaponiyadagi bemorlarga taqdim etilishi mumkin.