Alisher Usmonov haqida

– Siz yuqorida ko’rib turgan insoningiz mashhur, asli o’zbek milliarderi Alisher Usmonov. Dunyoning eng boy 95-o’rinda turuvchi milliarderi(Forbes). Uning boyligi 18 milliard AQSh dollarini tashkil qilmoqda. Keling, u haqida ma’lumot bersak!

Alisher Usmonov 1953 yilning 9 sentyabrida Namangan viloyatining Chust tumanida tavallud topgan. Oilada katta farzand bo’lib, uning bir nafar ukasi bor. Bahodir Usmonov.

Otasi Burhon Usmonov prokuror bo’lgan. Onasi Dilbar Usmonova. Alisher Usmonovning «Dilbar» nomli dunyoning eng katta yaxtasi bor. Alisher Usmonov 2018 yilda yaxta nomini «Ona» ga o’zgartirgan.

Alisher Usmonovning umr yo’ldoshi Irina Vayner. U 72 yoshda. Qahramonimiz Alisher Usmonov esa, hozir 68 yoshda. Alisher Usmonovning bir nafar o’gay o’g’li bor. Uning ismi Anton Vayner. U hozirda Alisher Usmonovning asosiy merosxo’ri.

 

Manba: @etnosuz