Ajabo! Avstraliyada boyo'g'li avariya sodir etib, voqea joyidan qochib ketdi

Avstraliyaning Makkuori orolidagi shahar yaqinida boyo’g’li avtomobil avariyasini sodir etib, voqea joyidan yashirindi, deb yozmoqda «Daryo.uz» «Newcastle Herald»ga asoslanib.

12 dekabr kuni kechqurun kuryerlik xizmatining 21 yoshli haydovchisi mikroavtobusda shahar bo’ylab harakatlanayotgan bo’lgan. Kutilmaganda avtomobilning ochiq oynasi orqali salonga boyo’g’li kirib kelgan va haydovchiga urilgan. Avstraliyalik boshqaruvni yo’qotgan va avtoturargohdagi avtomobilga borib urilgan. Oqibatda ikkala transport vositasiga ham shikast yetgan.

Guvohlarning so’zlariga ko’ra, haydovchi qushning qayta hujumidan qo’rqib ketib, mikroavtobusdan sakrab qolgan.

YTH guvohlaridan biri mikroavtobusning qurilmalar paneliga o’tirib olgan boyo’g’lini suratga olishga muvaffaq bo’lgan. «Baxtimizga dalil bor, bo’lmasam uning gaplariga hech qachon ishonmagan bo’lardik», — deydi Makkuori politsiyasi.

Aniqlik kiritilishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelguniga qadar qush uchib ketgan. «Agar ushbu boyo’g’lini tanisangiz, iltimos, eng yaqin atrofda joylashgan politsiya uchastkasiga xabar bering», — deyiladi xabarda.