Varis Dirie
O’zining go’zalligi va aql bovar qilmaydigan mehnatsevarligi tufayli hayotda muvaffaqiyatga erishgan model Zolushkaning naq o’zi. Varis Somalida (1965) kamta’minlangan, ko’p bolali oilada tug’ilgan. Agar u 13 yoshida uydan qochib, nufuzli qarindoshining yordami bilan Londonga ko’chib kelmaganida, uni ko’plab afrikalik ayollarning taqdiri kutgan bo’lardi. Qiz bir necha yil xizmatkor vazifasini bajarib, uning oilasida yashadi. Ko’pgina taniqli modellar singari, u fotosuratchi Malkolm Feyrchild tomonidan kashf etilgan. Varis nafaqat podiumda ishlagan, balki dunyodagi Revlon, Benetton va boshqa brendlarning reklamalarida, kliplarda, hattoki badiiy hamda hujjatli filmlarda rol o’ynagan. Shaxsiy hayoti ham izga tushgan.U turmushga chiqdi va farzandli bo’ldi. Modellik faoliyatidan tashqari, Varis bir nechta kitoblar yozib, ijtimoiyishlarda faol ishtirok etadi. U Afrikadagi ayollarga yordam beradi.
Liya Kebede
U Efiopiyada tug’ilgan (1978). Mashhur model, aktrisa va dizayner. Qiz o’zining modellik faoliyatini Efiopiyada boshladi, keyin agentining maslahati bilan Parijga ko’chib o’tdi. Liya taniqli moda dizaynerlarining ko’plab aksiyalarida va shoularida qatnashgan. U Yves Saint Laurent va Esti Lauderning yuzi edi. Liya shuningdek, Lemlem bolalar kiyimlari to’plamining yaratuvchisi hamdir.Aytgancha, Liya Kebede yana bir afrikalik marvarid Varis Dirining taqdiri haqidagi «Cho’l gullari» filmida asosiy rolni o’ynadi. Bir muncha vaqt u dunyodagi eng ko’p maosh oladigan supermodellar qatorida edi. Qizning ikki farzandi bor. Liya o’z nomidan bolalar o’limi bilan kurashadigan xayriya jamg’armasini tashkil etdi va Butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotining onalar, yangi tug’ilgan chaqaloqlar va bolalar salomatligi bo’yicha elchisi sifatida xizmat qiladi.
Agbani Darego
Asli Nigeriyadan bo’lgan qoratanli sohibjamol (1982). Katta va kambag’al oilaning qizi bolalikdan model bo’lishni orzu qilgan. O’z vatanida turli xil go’zallik tanlovlarida qatnashdi. Agbani juda ko’p reklamalarda rol o’ynagan va har xil modellik tanlovlarida qatnashgan. U qora tanli afrikalik ayol bo’lib, 2001 yilda «Dunyo go’zali» unvonini birinchi bo’lib qo’lga kiritdi. Agbani Darego yana bir nufuzli “Koinot go’zali” tanlovida kuchli o’nlikka kirgan.
Dji Daing
Model bolaligini Senegaldagi o’tkazgan (1985-yilda tug’ilgan), oxir-oqibat oilasi bilan Fransiya, so’ngra AQShga ko’chib o’tdi. Asosiy modellik faoliyatidan tashqari u Supermax guruhining kliplarida suratga tushgan, dunyoning yetakchi modellik agentliklari bilan hamkorlik qilgan. Dji Make-up Forever, Coca-Cola Light, Alfa Romeo, Vivienne Westwood, NOKIA kabi brendlarni namoyish etdi. Dji oyoqlarining uzunligi 125 sm, va bu dunyodagi eng uzun oyoqlardan biri. Dji Davidvidela Afrika qit’asining qashshoqligini bilib oldi, shuning uchun endi boyib, xayriya tadbirlarini uyushtirmoqda, u YuNESKOning ezgu niyatli elchisihamdir.
Imon Muhammad Abdulmajid
Beqiyos Imon- afsonaviy Devid Bouining rafiqasi. Asli Somalidan (1955). Afrikalik qizlarning aksariyat qismidan farqli o’laroq, Imon mukammal ma’lumot oldi. Modellik kariyerasi bo’lajak podium yulduzi AQShga ko’chib o’tgandan so’ng boshladi. Supermodel kariyerasidan tashqari, Iman 80-90-yillarda filmlarda juda ko’p rol o’ynagan. Uning ishtirokidagi eng mashhur kartinalar: «Afrikadan tashqarida», «Taslim bo’ling», «Chiqish yo’q». Imon muvaffaqiyatli ishbilarmon ayol. Uning mehnati mahsuli -IMAN Cosmetics, Skincare & Fragents va IMAN Global Chic. Imon Muhammad Abdulmajid — «Bolalarni hayotda saqlaylik» dasrurining ishtirokchisi.
Ushbu qizlarning barchasi turli xil boshlang’ich imkoniyatlarga ega, ammo chinakam go’zallik va o’tkir aqlga ega bo’lib, nafaqat modellik biznesida balki boshqa yo’nalishlarda ham yuqori darajalarga erishdilar. Ular o’zlarining iste’dodlarini kino va yozuvchilikda namoyon etishdi, ko’plab xayriya ishlari bilan shug’ullanishdi va minglab yosh afrikalik ayollar uchun ilhom manbaiga aylanishdi.