— Muhabbat butkul go’zallikka intilish emas.
— Bo’lmasa, nima u?
— Tug’ishga intilish va go’zallikda bu dunyoga farzand ato etishga intilishdir.
— Ehtimol, shundaydir.
— Shak-shubhasiz shunday.
— Nima uchun aynan tug’ishga intilish?
— Shuning uchunki, tug’moq bir kun qazo topib ketadigan maxluqqa ato qilingan mangulik unsuridir, qazosizlik omilidir. Biz shunga kelishdikki, muhabbat ne’matga mangu egalik qilmoqqa intilmoqdir. Modomiki shundoq ekan, ne’mat bilan birga mangulikni ham istamaslik mumkin emas. Demak, muhabbat mangu yashashga intilmoq degani hamdir.
Izohlarni ko`rish