Kunni kulgi bilan qarshilang!

Tamaddi qilib bo’lgan xo’randa restoran xo’jayinidan so’radi:

— Ayting-chi, siz taom pulini to’lamagan odamni nima qilasiz?

— Nima qilardim? Eshikni ochib, tashqariga uloqtiraman!

— Unda bezovta bo’lmay qo’ya qoling! O’zim qoramni o’chiraman!

***

Ikki dugona suhbatlashyapti:

— Senga judayam havasim keladi. Yigiting shunaqa e’tiborli, xushmuomala, tinmay senga qimmatbaho sovg’alar bergani-bergan. Nega endi unga turmushga chiqib qo’ya qolmaysan?

— Chunki doimo shunday bo’lib qolishini istayman…

 ***

Tish do’xtiri bo’lib ishlaydigan erkak bemorga bir qarab oldi-da, arrasini qo’liga olarkan, dedi:

— Eshmat, esingdami, biz sinfdosh edik. Har kuni darsdan keyin yo’limni to’sib, ruchkamni tortib olarding, bermasam, basharamga tushirarding…

***

Erkak xafa bo’lib turgandi, do’sti kelib qolib so’radi:

— Nima bo’ldi? Nega qovoq-tumshug’ingni osiltirvolding?

— Men… O’g’illi bo’ldim!

— Ie, zo’r-ku! Buning uchun xursand bo’lishing kerak, jinnivoy!

— To’g’ri. Ammo o’g’illi bo’lganimni xotinim bilib qoldi-da!