Esli ne ponravitsya podarok, mne otday… Ya davno o takoy udochke mechtal! Muj darit na vosmoe marta svoey jene podarok. Neudachnыy podarok na 8-oe marta.
***
— Voy, dadasi, 8 martga shunaqa qimmatbaho sovg’a olibsiz-a menga! Qarang, shuncha pulni qaerdan oldingiz?
— Hech qaerdan olganim yo’q. Har yili 14 yanvarda paypoq sovg’a qilishing esingdan chiqdimi? O’sha paypoqlarni yig’ib qo’ygandim, sotib senga sovg’a oldim!
* * *
— 8 mart kuni dunyodagi hamma ayollarni chin ko’ngildan qutlagim keladi. Ammo xotinim ruxsat bermaydi-da-a!!! (xotinbozning hasratidan)
* * *
5 yashar bolakay dadasidan so’radi:
— Dada, 8 martni nima uchun bayram qilamiz?
— Qanaqa ovsarsan? Shuniyam bilmaysanmi? Gul do’koni mudirining o’g’lisan-ku!
* * *
E’LON:
«8 mart kuni ertalab soat 04: 00 da og’ir kechgan jarrohlik amaliyotidan so’ng kasalxonaning jonlantirish bo’limidan bir ayol qochib ketdi. Keyin ma’lum bo’ldiki, u markaziy bozordagi gul do’konining egasi ekan.»
* * *
Erkak do’stidan so’radi:
— Xotiningga 8 martda nima sovg’a qilding?
— Erkinlik sovg’a qildim, erkinlik!
* * *
8 mart kuni bolalar bog’chasida «utrennik» bo’lyapti. Kichik guruhdagi qizchalardan biri kutilmaganda bor ovozda yig’lay boshladi. Tarbiyachi undan so’radi:
— Nega yig’layapsan, asalim?
— Qorbobo kelmadi-i-i-i!!!
* * *
— Jonim, 8 martda senga nima sovg’a qilay?
— Bir dona lola bilan bir tonna asab sovg’a qiling!
* * *
Erkak tanishiga dedi:
— Xotinimga 8 mart kuni nima sovg’a qilsam ekan-a?
— Xotiningning 8 marti qachon o’zi?
loading…