O’zbekiston go’zal mamlakat. Uning ta’rifini eshitganlar, qanchalik uzoq bo’lmasin bir ko’rish ishtiyoqida bo’lishadi. Bu jannatmakon o’lkaga tashrif buyurgach esa tarixi, qadim manzaralari, madaniyati-yu, xalqining mehmondo’stligidan bir olam taassurotlar bilan qaytadi. Har bir sayohatchi, avvalo, o’zi yashayotgan diyorni, so’ngra boshqa mamlakatlarni kezgani yo’lga otlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi, deb o’ylaymiz.
O’zbekistondagi barcha viloyatlarda bo’lgan sayohatchimiz juda katta taassurotlar bilan shahrimizga qaytganliklarini aytib o’tdilar. Asli kasblari chizmachilik fani o’qituvchisi bo’lgan 70 yoshli Muhammad boboning “Durdona” nashriyotida 10 ta badiiy kitoblari nashr qilingan hamda “O’zbekiston xalq maorifi a’lochisi” unvoni bilan ham taqdirlanganlar. Kasalliklari tufayli har tong 5 da uyg’onib, velosipedda 15 km, piyoda 5 km sayr qilib kelishni odat qilganlar. 2017-yilda esa velosipedda Samarqandga borib Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrlarini ham ziyorat qilib qaytgan edilar.