Canalys tadqiqot kompaniyasi 2023 yilda dunyoda eng ko’p sotilgan smartfonlar reytingini e’lon qildi. O’nta o’rindan yettitasini Apple telefonlari egalladi.
Birinchi o’rinda iPhone 14 Pro Max bo’lib, 12 oy ichida u 34 million nusxada sotilgan. Qizig’i shundaki, uni uch oy ichida 33 million marta sotilgan iPhone 15 Pro Max deyarli quvib yetdi. Uchinchi eng ommabop smartfon iPhone 14 (29 million nusxa) bo’ldi.
Apple bilan faqat Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi raqobatlasha oldi. Uning arzon modellari Galaxy A14 4G, Galaxy A54 va Galaxy A14 5G mos ravishda oltinchi, sakkizinchi va to’qqizinchi o’rinlarni egalladi. O’tgan yilgi flagman Galaxy S23 Ultra reytingdan joy olmadi.
Top-10 2023 yilda dunyoda eng ko’p sotilgan smartfon:
– iPhone 14 Pro Max (34 million);
– iPhone 15 Pro Max (33 million);
– iPhone 14 (29 million);
– iPhone 14 Pro (29 million);
– iPhone 13 (23 million);
– Galaxy A14 4G (21 million);
– iPhone 15 Pro (21 million);
– Galaxy A54 (20 million);
– Galaxy A14 5G (19 million);
– iPhone 15 (17 million).
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, 2023 yilda iPhone Pro modeli umumiy reytingda ilk marotaba birinchi o’rinni egalladi.