2020 yildan keyingi maqollar…

✓ Kuchi bor birni yiqitar, bilimi bor virusni.

✓ Ablah do’st virusdan yomon.

✓ Virus bilan barbod uying, gar bo’lsa u koshona ham.

✓ Uxandan chiqqan baloga – qayga boray davoga?

✓ Virus oldida shohu gado teng.

✓ Kelinni kelganda ko’r, virusi yuqqanda ko’r.

✓ O’zingga ehtiyot bo’l, qo’shningni “COVID” dema.

✓ Virus yuqtirgan bo’lsa ham boy gapirsin.

✓ Yetti o’lchab virusdan qoch.

✓ Stikersizning yugurgani postgacha.

✓ Quloq omon bo’lsa, maska topiladi.

✓ O’zingni bil, qo’shningga virus yuqtirma.

✓ Go’shtsiz oshim, virussiz boshim.

✓ Bilagi zo’r birni yiqitar, koronavirus mingni.

✓ Kasalga yaqin yursang, virusi yuqar!

✓ Virus yuqtirgan qiz erga yolchimas.

✓ Do’sting kimligini ayt, “COVID”misan, aytaman.

Yorqinbek Sobirov

(“Facebook”dagi sahifasidan)

2020 yildan keyingi maqollar…

2020 yildan keyingi maqollar…
loading…