Shogird ustozidan so’radi:
– Ustoz, nega men 12 yildan beri o’qishga kira olmayapman? Buning sinoati nedir?
Ustoz chuqur o’yga toldi va vazminlik bilan javob berdi:
– Bo’tam, siz tong quyoshining tog’lar ortidan sekin-astalik bilan chiqishini, maysalar ustidagi qirovni qitiqlab eritib, tiniq shabnam tomchilariga aylantirishini kuzatasizmi?
– Albatta, ustoz.
– Tog’dan sharqirab, olamga shovqin solib tushayotgan sharsharaning, daryoda sokin mavjlanayotgan suvning so’zlariga quloq solasizmi?
– Shubhasiz, ustoz.
– Kumush qadahga to’ldirib quyilgan mayning yuzida o’z aksingizni ko’rganda chuqur o’yga tolasizmi? Hayotning ma’nosi haqida fikr yuritasizmi?
– Juda ham ko’p marta, ustoz.
– Oydek suluv go’zalning ko’ksiga boshingizni qo’yib, uning har bir yurak urishida namoyon bo’lgan muhabbatni vujudingizda his qilasizmi?
– Deyarli har kuni, ustoz.
– Ha, padaringga la’nat! Vaqtingni bunaqa bekorchi narsalarga sarflamasdan, ketingni bir joyga qo’yib, qunt bilan o’qiganingda, hozir professor bo’lib yurgan bo’larding! – degan ekan ustoz…
Malika A’zamjonovna
(“Qo’qonjonim” guruhidan)
loading…