Bir kuni tog’ yo’lida bir navqiron yigit o’zining go’zal xotini bilan ketib borardi. U juda aqlli edi. Xuddi ko’richak xurujidek o’tkir edi miyasi. Mushtlari ham o’ta qattiq. Oti esa, xuddi otdek chopog’on.
Ikkovlari uzoq yo’l bosishdi. Oxiri qornilari ochdi.
Shu payt yigit cho’qqida bir eshak turganini ko’rib qoldi. Miltig’ini oldi-da, eshakka qarab o’q uzdi. Eshak qimirlamay turaverdi. Yigit otini to’xtatib yana o’q uzdi. Eshak bu gal chap berib qoldi.
Yigit otdan tushib astoydil yonboshladi va eshakni yaxshilab mo’ljalga oldi. Lekin… Yaramas qochib ketdi…
Shunday qilib yigit va uning rafiqasi kimsasiz tog’da ochdan o’ldi.
Kelinglar, oramizda shunday eshaklar bo’lmasligi uchun ichaylik!
Izohlarni ko`rish