AFRIKA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Afrika odamzod ilk bor paydo bo’lgan va shakllangan qit’adir.
2. Afrikada hali fanga ma’lum bo’lmagan eng noyob jonivorlar yashaydi.
3. Dunyodagi eng katta sahro bo’lmish Sahroi Kabir ham Afrika qit’asida joylashgan.
4. Afrikaga shuhrat keltirgan yana bir mavjudlik Viktoriya sharsharasi hisoblanadi. Sharsharaning uzunligi 1 kilometrdan ko’proq, balandligi esa 100 metrdan ziyod.
5. Afrikadagi ayrim qabilalar begemot go’shtini yeb kun kechiradi.
6. Afrika fuqarolari eng qisqa umr ko’radigan qit’adir. Bu yerda ayollar o’rtacha 48, erkaklar 50 yilga yaqin umr ko’radi.
7. Afrika davlatlaridan biri Jazoirda bir daryo bor. Daryoda suv o’rniga siyoh oqadi.
8. Afrika shaxsiy Venetsiyasiga ega. Ganvyedagi odamlar uylari suv ustiga qurilgan. Ular faqat qayiqlarda harakatlanadi.
9. Misrdan u qadar uzoq bo’lmagan O’rta Yer dengizi tubida Geraklion shahri mavjud. U qachonlardir suv ostiga g’arq bo’lgan. Biroq olimlar yaqindagina suv ostida shunday shahar borligini aniqlashdi.
10. Marokashda g’alati echkilar yashaydi. Ular daraxtlar ustida shoxdan shoxga sakrab barglar bilan oziqlanadi.
11. Dunyo bo’yicha sotiladigan oltinning teng yarmi Afrikada qazib olinadi.
12. Afrikada dunyodagi eng novcha va eng pakana odamlardan iborat qabilalar bor.
13. Afrikada «yalang’och yerkovlar» deb atalgan kemiruvchi jonivor yashaydi. Uning organizmidagi to’qimalar hech qachon qarimaydi. Kemiruvchining o’zi o’rtacha 70 yil umr ko’radi. Tanasini kessangiz ham, yoqsangiz ham hech qanday og’riqni his etmaydi.
14. Qit’aning nomi qachonlardir shu yerda yashagan «Afri» qabilasi nomidan olingan.
15. Afrikada yashaydigan ayrim qabilalar a’zolari hanuz olov nimaligini bilmaydi.
16. G’arbiy Afrikada Matabi qabilasi bor. Qabila a’zolari futbol o’ynashni jonidan ortiq ko’radi. Faqat futbolda to’p o’rniga odam bosh chanog’idan foydalanishadi.
17. Afrikaning ayrim davlatlarida hamon matriarxat tuzumi hukmronlik qiladi. Bu yerda ayollar erkaklardan iborat haramlarga ega.
18. Afrikada Baobab degan daraxt bor. Bu daraxt o’z tanasida 120 litrdan ortiq suvni zahira sifatida ushlab turadi. Shuning uchun o’tda yonmaydi. Daraxt 5 mingdan 10 ming yilgacha umr ko’radi.
19. Afrikada non, sut, kolbasa, sovun, shamli daraxtlar qad rostlagan.
20. Janubiy Afrikada elektr haqi dunyo bo’yicha eng arzon narxga ega.
21. 1967 yili dunyoda birinchi bo’lib yurak transplantatsiyasi ham Afrikada tashkil etilgan.
22. Sahroi Kabirdagi qum yozda +80 darajagacha haroratga ega bo’ladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi