Ayol dugonasiga zorlandi.
— Birorta folbinga borib kelishim kerak.
— Nega?
— Erim keyingi vaqtda uyga ertalablari kirib keladigan odat chiqardi.
— Senga folbinning zo’r yo zo’rmasligini o’rgataymi?
— Ha, ha, o’rgata qol!
— Xullas, folbinnikiga borasan, eshikni taqillatasan. Agar u ichkarida turib «Kim u?» deb so’rasa, indamay qaytib ketaverasan.
***
Korxona rahbari muxbirga intervyu beryapti.
— Menga qarang, o’rtoq muxbir, maqolangizga televizordan gazeta ming chandon afzal ekanini tirkab qo’ying.
— Masalan, gazetaning televizordan nimasi afzal, deb o’ylaysiz?
— Televizor bilan-chi, o’rtoq muxbir, yuzni yopib uxlab bo’lmaydi.
***
Akula sherigidan so’radi:
— Sen o’ljaning moyga qorilganini yaxshi ko’rasanmi yo tomatga qorilganini?
— Moyga qorilganini.
— Ketdik unda, avtobazaga boramiz!
***
— Ey, taqdir, menga sadoqatli, ishonchli, mehribon bir yor hadya et! Shunday yor bo’lsinki, menga osmondagi yulduzlarni sovg’a qilishga tayyor tursin, meni mahkam quchgan holda yashasin!
— Kechirasiz, sizning so’rovingiz bo’yicha hech narsa topilmadi.