PARDA: — Sizlar tasavvur ham qila olmaysizlar! Har gal meni kir yuvish mashinasiga majburlab tiqishganda shunaqangi jahlim chiqadiki… Aylantiraverishadi, aylantiraverishadi… Boshlarim aylanib qusgim kelib ketadi. Buyam yetmaganday, keyin olib siltashadi, goh uyog’imdan, goh buyog’imdan tortqilab jonimni olishadi… Eng dahshatlisi, ustimga dazmol bosishganda, naq o’lib qolay deyman!..
DIVAN: — Mening ahvolimni ko’rsangiz… Har kecha bir xil ish… Sakrayverishadi, sakrayverishadi… Anavi yaramas bolani kim dunyoga keltirgan o’zi?.. O’sha qachon qarasa, ustimda otga o’xshab sakragani-sakragan!..
PEChKA: — E, sizlar ham menga o’xshab naq bir yil zang bosgan suv bilan birga yashab ko’ringlar-chi, o’shanda bilasizlar!..
GILAM: — Kechayu-kunduz ustingga chiqib ezg’ilashsin-chi!.. Begonalar umuman oyoqlarini mening yuzimga artishadi. Biznikidayam endigina tug’ilgan bir yaramas bolakay bor. Xudoning bergan kuni naq belimga kelib hammayog’imni ho’l qilgani-qilgan!
SOChIQ: — Eh, bu bir-biridan kir qo’llarni eslasam, ko’nglim ag’dariladi!.. Uyimizdagi bolakay bo’lsa, qo’li uyoqda qolib burnigacha meni ishqalaydi!
UNITAZ: — Oh, birodarlar, sizlarning muammoingiz menda bo’lsaydi!..
Olimjon HAYIT tayyorladi