* * *
Boyvachchaning xotini uyidagi xizmatchi ayolni ishdan haydadi. Ayol chiqib ketayotib, hovlida yotgan itning yoniga bir nechta tangani irg’itdi. Boyvachchaning xotini so’radi:
— Bu nima qilganing?
— Siz yo’g’ingizda itingiz hamma idishlarni yalab yaraqlatib qo’yardi. Ish haqini beryapman.
* * *
Erkak o’zi yashaydigan uy pod’yezdida turardi. Bir mahal qo’shninikidan baqir-chaqir, nimaningdir chil-chil singani eshitildi. Sal o’tmay, qo’shni erkak qo’lida siniq 3D ko’zoynak bilan chiqib keldi. Erkak so’radi:
— Nima bo’ldi, qo’shni?
— Padariga la’nat! 3D televizor sotib olgandim.
— Nima bo’pti?
— Vey, boks tomosha qilayotgandim, uch marta sal bo’lmasa jag’imga tushirayozdi anavi Tayson yaramas!
* * *
Bolakay otasidan so’radi:
— Hayotda sizniyam oyingiz kaltaklaganmi?
— Yo’q, meni faqat sening oying kaltaklagan.
* * *
Yigit:
— Salom, sohibjamol!
Qiz:
— Rostdan men sohibjamolmanmi?
Yigit:
— Bilmadim.
Qiz:
— Nega unda sohibjamol dedingiz?
Yigit:
— Ismingni esdan chiqarib qo’ydim-da!
* * *
Yigit kompaniyaga ishga joylashish uchun kelib qabulxonadagi rahbar yordamchisiga dedi:
— Men ishga joylashish uchun suhbatdan o’tishga keluvdim.
— Qaysi lavozimga ishga kirmoqchisiz?
— Bilmadim.
— Kim sizni suhbatdan o’tkazmoqchi edi?
— Bilmadim.
— Nimani bilasiz o’zi?
— Bilmadim.
— Kechirasiz, kompaniya direktori lavozimiga kechagina odam oluvdik.
* * *
O’g’ilchasi hadeb bo’lar-bo’lmas savollar beravergach, ona unga dedi:
— Menga qara, agar quloqsiz bola bo’lsang-chi, men kasal bo’lib o’lib qolaman. Keyin meni qora mashinada qabristonga olib ketishadi.
O’g’il:
— Oyi, men haydovchining yonida o’tiramanmi?
* * *
— Dada, sizni tabriklayman!
— Nima bo’ldi, o’g’lim?
— Esingizdami, men bu yil ham beshinchi sinfda qolmasam, yuz dollar sovg’a qilishga va’da bergandingiz?
— Ha, esimda.
— Pulingiz yoningizda qoladigan bo’ldi.
* * *
Matematika darsi. Muallima doskada turgan o’quvchiga dedi:
— Esingda bo’lsin, kimdir senga darsni aytib bersa, bahoingni bir ballga kamaytiraman!
— Tushundim. Toshmat, aytaver! Ikki olgandan ko’ra to’rt olgan yaxshi-ku!
* * *
Bolakay qutqaruv xizmatiga qo’ng’iroq qilib dedi:
— Allo! Bizning podyezdda bir amaki bilan ayol liftga qamalib qoldi. Ayol rosa baqiryapti… Yaralangan shekilli.
* * *
Bashang kiyingan bir o’smir soliq mahkamsiga kelib uyoqdan buyoqqa borib kelardi. Shu payt soliqchilardan biri to’xtab so’radi:
— Yigit, sen bu yerga qanday kelib qolding? Senga nima kerak?
— Men Pavlik Morozovman!
— Shunaqami? Xotirjam bo’l! Dadang soliqlarning hammasini to’lab qo’ygan!
Olimjon HAYIT tayyorladi