* * *
Bolakay otasidan so’radi:
— Aytishlaricha, qish kelishi bilan hamma laylaklar issiq o’lkalarga uchib ketisharkan. Shu rostmi?
— Albatta rost, o’g’lim.
— Unda men qishda qanday tug’ilganman?
* * *
— Ishonasanmi, narigi mahalladagi Teshaboy uylangan kunining ertasiga lotereya o’ynab o’n million so’m pul yutib olibdi!
— Obbo, shu Teshaboyning sira omadi kelmadi-kelmadi-da!
* * *
Amerikalik ayol beshinchi marta turmushga chiqmoqchi bo’ldi va vrachdan maslahat so’rash uchun qabuliga keldi.
Vrach undan so’radi:
— Oldingi uch eringiz nimadan o’lgan?
— Qo’ziqorindan zaharlanib o’lgan.
— To’rtinchisi-chi?
— Miya chayqalishidan o’lgan.
— Miyasi nimadan chayqalgan?
— Qo’ziqorin yeyishdan bosh tortgandi.
* * *
Gollivud aktrisasi vrach qabuliga kelib so’radi:
— Do’xtir, yechinaveraymi?
— Shart emas.
— Nega?
— Oxirgi filmingizni kechagina tomosha qildim.
* * *
Sudya:
— Ayblanuvchi, siz skleroz kasali bilan og’riganingiz, shu kasallik tufayli xotiningizni to’rtinchi qavatdan tashlab yuborganingiz haqida gapirdingiz. Buni qanday isbotlaysiz?
— Ilgari birinchi qavatda yashardik. To’rtinchi qavatdagi kvartiraga ko’chib o’tganimiz esimdan chiqib qolgan ekan.
* * *
Buvi qizaloq nevarasiga dedi:
— Hecham quloqsiz qiz bo’lmagin! Ana, bilasan-ku, Qizil Shapkachayam buvisining gapiga quloq solmagani uchun uni bo’rib yeb qo’ygan edi!
— Bilaman, bilaman, o’sha bo’ri buvisiniyam yeb qo’ygandi!
* * *
Militsiya bo’limiga erkak qo’ng’iroq qilib dedi:
— Il-ltimos, tez ye-etib kelinglar! M-mashinamning rulini, ichidagi hamma j-jihozlarini o’g’irlab ketishibdi!
Birozdan so’ng yana telefon jiringladi va go’shakdan xuddi o’sha mast erkakning tovushi keldi:
— Uzr, kelmay qo’ya qolinglar! Men adashib orqa o’rindiqqa o’tirib olgan ekanman!
* * *
Erkak do’stiga dedi:
— Qaynonam juda saxovatli ayol. Qizi bilan to’yimizga bir hafta qolganda, o’zining barcha qimmatbaho buyumlarini bizga sovg’a qilib yuborgan.
— E, mening qaynonamni saxovatli desa bo’ladi! Ishonasanmi, qizi bilan to’yimiz bo’lishiga bir yil qolganda, olamdan o’tgan.
* * *
Yozuvchi hamkasbiga hasrat qilyapti:
— Qanday dahshat! Kecha uch yashar o’g’ilcham yangi romanimning qo’lyozmasini pechkaga tashlab yoqib yuboribdi.
— Ie, uch yashar o’g’ling ham o’qishni biladimi?
* * *
Teleboshlovchi:
— Hurmatli teletomoshabinlar! Bundan buyon «Kinoseshanba» ko’rsatuvi shanba emas, dushanba kunlari efirga uzatiladi!
Olimjon HAYIT tayyorladi