* * *

Ikki Gollivud aktrisasi suhbatidan:

— Tushunmayman, anavi Elen nuqul kinolardagi rollarini tanqid qilib kelgan tanqidchiga turmushga chiqibdimi?

— Ha, u tanqidchidan qasos olishga qaror qilibdi.

* * *

Erkak do’stiga hasrat qilyapti:

— Xotinim uyda o’tiiradi. Pirog pishiradi. Kun bo’yi pirog pishirgani pishirgan. Ishdan kelaman, pirog pishirayotgan bo’ladi, ketayotganimdayam shu ish bilan mashg’ul. Lekin bir narsani tushunmayman. Kimdir yeyayotgandir, axir o’sha piroglarini? Shaxsan men biror marta tatib ko’rmaganman.

* * *

Jajji qizaloq onasidan so’radi:

— Oyi, bo’ri nega Qizil Shapkachanimas, buvisini yeb qo’ygan?

— Uxla, qizim, hoynahoy bo’rining qoqi yegisi kelgandir-da!

* * *

— O’rtoq militsioner! Xotinim o’tgan kuni sayr qilishga chiqib, haliyam qaytmadi.

— Xotiningizning tashqi ko’rinishini ayting!

— Nima desam ekan? Ko’ylakdaydi, it yetaklab olgandi.

— Qanaqa it?

— Ovcharka, bo’yi 35 santimetr, o’ng qulog’ida oq xoli, orqa chap oyog’ida qora xoli bor, bo’ynidagi tasmasi qora, ko’zlari jigarrang…

* * *

Ikki hamkasb uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisidan so’radi:

— Rahbarimiz ishchilar sonini qisqartirmoqchi ekan. Eshitdingmi?

— Eshitdim. Lekin bu sen bilan menga tegishli emas.

— Nega?

— Rahbar xotini bilan ajrashibdi. Endi xotinining ishxonadagi hamma qarindoshlarini qisqartirib tashlamoqchi.

* * *

Avtobusda.

— Xonim, o’rindiqda xaltachangizni unutib qoldirdingiz!

— Voy! Xavotir olmang! Qolsa qolar.

— Nega?

— Bu erimning nonushtasi edi. Erim esa topilmalar idorasida ishlaydi.

* * *

Muallima:

— O’quvchilar, qaysi sabzavot ko’zdan yosh oqizadi?

Toshmat:

— Kartoshka.

Muallima:

— Adashyapsan. Balki, piyoz demoqchi bo’lgandirsan?

Toshmat:

— Yo’q, kartoshka.

Muallima:

— Nega?

— Nozik yeringizga kimdir kartoshka bilan tushirsa, o’shanda bilardingiz.

* * *

Qurilish mollari do’koniga yangi boy kelib dedi:

— Qora marmar bormi?

— Bor.

— O’ttiz ming dona bering!

— Ie, shunchani nima qilasiz?

— Og’aynimning asalarilari o’lib qopti. Har birining qabri ustiga yodgorlik toshi o’rnatish kerak ekan.

* * *

Maktabda bolalar dunyoda nimaning tezligi haqida bahslashib qolishdi.

Eshmat:

— So’zning tezligi katta. Aytdingmi, tamom, ortga qaytarib bo’lmaydi.

Toshmat:

— Chiroqning tezligi katta. Yoqqichini bossang, darrov yonadi.

Qo’shmat:

— Yo’q, sizlarga aytsam, yaqinda ichketar bo’lgandim, bir og’iz so’z aytishgayam, chiroqni yoqishgayam ulgurmay qoldim.

* * *

Muallima:

— Bolalar, svetoforning piyodalar o’tishi uchun yashil chirog’i yonganda, asosan nimaga e’tibor qaratish kerak?

— Ko’lmak suvdan uzoqroq turish kerak.

* * *

Erkak militsiya bo’limiga kelib dedi:

— Meni o’ldirishmoqchi.

— Kim?

— Xotinim.

— Guvohlar bormi?

— Bor. To’yimiz kuni xotinim menga «Xiyonat qilsangiz, o’ldiraman» deganini ikki yuz kishi eshitgan.

— Xo’sh, nima bo’pti shunga?

— Axir, kecha unga xiyonat qilib qo’ydim.

* * *

Katta janjaldan so’ng er xotiniga dedi:

— Kel, yarashaylik!

— Yo’q.

— Unda vaqtincha yarashamiz. Xullas, kechqurun yarashamiz-da, ertalab uyg’ongach, tag’in janjallashaveramiz!

* * *

Metroda.

— O’rtoq militsioner, meni tunab ketishdi. Kissavur kissamni kesib, katmonimni olib qo’ydi.

— Kissavurning alohida belgilarini ayta olasizmi?

— Ha. Xullas, u yirtiq charm kurtkada edi. O’ng tarafdagi qovurg’asi singan, chap qulog’i uzib olangan.

Olimjon HAYIT tayyorladi