* * *

Texnika universitetidagi e’londan:

— Radiotexnika fakulteti yotoqxonasida aloqa yo’qolgan;

— Energetika fakulteti yotoqxonasida bir oydan beri chiroq yo’q;

— Mexanika fakulteti yotoqxonasida lift bir haftadan beri ishlamayapti;

— Qurilish fakulteti yotoqxonasi avariya holatida bo’lgani sababli kapital ta’mir boshlandi.

* * *

Er xotiniga dedi:

— Yaramas o’g’limiz yana cho’ntagimdagi pulni o’g’irlabdi.

— Nega hadeb o’g’limizdan ko’raverasiz? Balki men o’g’irlagandirman?

— Yo’q, pullarning yarmi qolgan, demak sen emas.

* * *

— Hech qachon hech kimga haqiqatni gapirmang! Haqiqat ko’zni o’yib oladi.

— Siz, hoynahoy pessimist bo’lsangiz kerak-a?

— Yo’q, men ko’z do’xtiriman.

* * *

Ikki xonanda suhbatidan.

— Eshitishimcha, uylanganmishsan?

— Ha.

— Xotining qalay ekan?

— Har kuni uyda konsert qo’yadi.

— Qaynonang-chi?

— Xotinimning aytishicha, qaynonam konsert qo’yish uchun astoydil repititsiya qilayotganmish.

* * *

Yo’nalish taksiga keksa kampir chiqdi-yu, qo’lidan sumkasi tushib ketdi. Shunda haydovchi hazillashdi:

— Onaxon, pastga nima tushgan bo’lsa, hammasi meniki!

— Bolam, sen ko’zingga qara-da, mashinangni sekinroq hayda! Aks holda men yiqilaman-u, seniki bo’lib qolaman!

* * *

Ishga kirmoqchi bo’lib kelgan erkakka korxona rahbari dedi:

— Bizning korxonada tozalikka alohida e’tibor beriladi. Masalan, siz ichkariga kirayotib, tuflingizni pol lattaga artdingizmi?

— Albatta.

— Bizda yana to’g’riso’zlik qadrlanadi. Siz esa aldadingiz. Eshik oldiga pol latta qo’yilmagan.

* * *

Geografiya darsida.

— Toshmat, nega xaritangdagi Kavkaz deb yozilgan joy bo’m-bo’sh?

— Bo’sh bo’ladi-da! Chunki kavkazliklarning hammasi Rossiyada.

* * *

— Nega sen shunday dangasa xotin bilan yashayapsan?

Boshqasini topishga erinaman.

***

Chukcha daraxtni chertib xotinidan so’radi:

— Nega bizni manavinaqangi deb o’ylashadi?

Xotin:

— Taqillatishyapti!

— O’tir, men o’zim borib eshikni ochaman!

***

Chukcha sotuvchidan so’radi:

— Sizlarda rangli televizor bormi?

— Bor.

— Unda menga yashil rangidan bering!