* * *
Texnik xizmat ko’rsatish ofisiga erkak qo’ng’iroq qilib dedi:
— Yordam beringlar! Kompyuterim printerni ko’rmayapti. Hatto, monitorni printerga to’g’rilab burib ham qo’ydim. Baribir «Men printerni ko’rmayapman», deyapti!
— Siz unga printerni barmoq bilan ko’rsatib boqing!
* * *
O’tkinchi anhor bo’yida cho’nqayib olgancha suv ichayotgan yigitga dedi:
— Bu nima qilganing? Anhorda mollarning, eshaklarning o’liklari oqib o’tadi. Hamma axlatini shu anhorga tashlaydi, axir, uka!
— What did uou sau?
— Hmm… Tushunarli-i… Suvni ikkala kaftingda olib ich deyapman!
* * *
Yigit yaqin do’stlarning biridan so’radi:
— Nega Shavkat og’aynimiz uylangandan keyin duduqlanadigan bo’lib qoldi?
— E, buning tarixi uzun. Aytishlaricha, kelin bo’lmishning onasi uch egizaklardan biri ekan. Shavkat to’y kuni birdan uchta qaynonasi borligini ko’rdi-yu, duduqqa aylandi-qoldi.
* * *
Juhud daryodan oltin baliq tutib oldi. Oltin baliq unga qarab turib so’radi:
— Juhudmisan?
— Ha.
— Unda hoziroq o’ldiraqol meni, iltimos!
* * *
Tanishlarning biri erkakdan so’radi:
— Og’ayni, seni bir yildan beri kuzataman. Yeguliksiz yashayapsan. Nima, Tibetga borib o’rgandingmi bu hunarni?
— Qanaqa Tibet? Qanaqa hunar? Men o’tgan yili mana shu uyni kreditga olganman!
* * *
Kuyov to’yning ertasi kuni kelindan so’radi:
— Ovqat pishirishni bilasanmi?
— Albatta. Masalan… Kolbasani juda mazali qilib kesaman!
* * *
Jajji Nostradamus onasidan so’radi:
— Oyi, bugun tushlikka nima ovqat yeymiz?
— Vay, xuddi o’zing bilmaydigandek so’raysan-a, juvonmarg!?.
* * *
Ayol yarim tunda qo’shninikiga chiqdi-da, dedi:
— Sarvinisa, dugonajon, o’qlog’ingni yarim soatga berib turgin, iltimos!
— Berolmayman.
— Voy, nega?
— O’zim ham yaramas erimni kutib o’tiribman.
* * *
Besh yashar bolakay otasiga dedi:
— Dada, bugun kechasi tushimda ki-ichkinagina shokolad oberibsiz!
— Agar aytganimni qilsang, aqlli bola bo’lsang, ertaga tushingda ka-attakon shokolad olib beraman, o’g’lim!
* * *
Ulkan timsoh daryoda suzib kelib sohilga chiqib o’tirdi-da, ko’zlarini zo’rg’a ochib dedi:
— Oyim aytgandi-ya narkomanni yema-a, yema deb!
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit