* * *
Ikki bola bir-biriga maqtanyapti:
— Mening karate bo’yicha qora kamarim bor.
— Meni-chi… Ishtonimning cho’zmasi sariq!
* * *
— Bolakay, yoshing nechada?
— Yaqinda 10 ga to’laman.
— Hozir-chi?
— Hozir to’rt yoshdaman.
* * *
Besh yoshli bolakay metro vagoniga kirdi-da, o’tirganlarga dedi:
— Amakilar, xolajonlar! Sadaqa qiling! Bizning oilamizda hamma kambag’al! Oyim ham, dadam ham, bog’bonimiz, haydovchimiz, dadamning tansoqchisiyam kambag’al!
* * *
Besh yashar bola otasidan so’radi:
— Dada, ko’chadan ming dollar topib olsam, nima qilishim kerak?
— Darhol militsiya bo’limiga borib o’sha ming dollarni topshir! Odamlar halol bola ekan deb xursand bo’lishadi.
— Bir million dollar topib olsam-chi?
— Tez uyga kel-da, bekitib tashla! Bir million dollaring bo’lgandan keyin odamlar nima desa deb o’lmaydimi!?.
* * *
Soqollari qordek oppoq, yoshi 90 dan oshgan qariya do’konga kirib sotuvchiga dedi:
— Menga bir shisha ichkilik bering!
Sotuvchi qariyaga hazillashgisi kelib so’radi:
— Pasportingiz bormi ichkilik olishga?
Qariya birpas o’ylab turib dedi:
— Ichkilik mengamas, dadamga!
* * *
Erkak do’stiga hasrat qilyapti:
— Bola ekanimda qorong’ilikdan o’lguday qo’rqardim. Endi bo’lsa, elektr tashkilotiga berishim kerak bo’lgan qarzim esimga tushdi deguncha yorug’likdan qo’rqadigan bo’lib qoldim.
* * *
Tergovchi restoranga kirib ofitsiantdan so’radi:
— Nega sizlarning restoraningizda ovqatlarning mazasi yaxshimas? Nimaga menga ko’ngildagidek xizmat ko’rsatmayapsiz?
Ofitsiant:
— Og’ayni, esingda bo’lsin, bu yerda savolni men beraman!
* * *
Xotin eriga dedi:
— Meni bitta gap bilan ham ranjitib, ham xursand qila olasizmi?
— Albatta.
— Ayting!
— Dugonalaringning ichida faqat sen erkakka erkalanishni qotirib tashlaysan!
* * *
Olti yashar bola onasidan so’radi:
— Oyi, skeleroz nima?
— Nimani so’rading, o’g’lim?
— Qachon?
Olimjon HAYIT
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit