* * *
Do’konga kelishgan bir qiz kirdi. Sotuvchi yosh, lekin shilqimroq edi. Qiz undan so’radi:
— Manavi mato qancha turadi?
— Bir metri bitta bo’sa.
— Shunaqami? Unda sakkiz metr bering!
Sotuvchi og’zi qulog’iga yetib shosha-pisha matodan 8 metr o’lchadi-da, qizga uzatdi. Qarasa, qiz asta chiqib ketmoqchi. Sotuvchi yo’lini to’sib dedi:
— Bo’salar-chi, bo’salar?
Qiz lab burgancha javob qildi:
— Haqini 80 yoshli buvim bor, o’sha to’laydi.
* * *
Olti yoshli bolani kasalxonaga olib kelishdi. Do’xtir undan so’radi:
— Xo’sh, toy bola, seni nima bezovta qilyapti?
— Meni hech narsa bezovta qilmayapti. Bobomni bezovta qilyapti.
— Bobongni nima bezovta qilyapti?
— Qo’l soatini yutib yuborganim bezovta qilyapti.
* * *
Erkak do’stidan so’radi:
— Ishxonangda boshliq bo’lmasa, ishlash qiyinlashadimi?
— Judayam. Hatto, sigaret chekish uchun tashqariga chiqmayman.
— Nega?
— Chiqsam, uyga ketib qolishdan qo’rqaman.
* * *
Xotin eridan so’radi:
— O’tgan yili onamga tug’ilgan kunida kursi sovg’a qilgandingiz. Bu yil nima hadya qilasiz?
— Bu yil o’sha kursiga tok ulab beraman.
* * *
Erkak «Tez yordam»ga qo’ng’iroq qilib dedi:
— Iltimos, erta-indin mening uyim oldidan o’tsangiz, hovliga bir daqiqaga kirib o’ting, iltimos!
— Nima bo’ldi o’zi?
— Xotinim jag’ini sindirib olibdi. Gapira olmayapti.
* * *
Vrach erkakni tekshiruvdan o’tkazgach, xotinini sekin yo’lakka boshlab chiqdi-da, dedi:
— Bilasizmi, eringiz negadir menga yoqmayapti.
— Mengayam yoqmaydi, do’xtir. Lekin nima qilay, yashshamagurni bolalari yaxshi ko’radi-da!
* * *
Erkak do’stiga dedi:
— Do’stim, tashvishlaringga, qayg’ularingga sherikman!
— Tushunmadim. Menda qayg’u, tashvish yo’q.
— Bo’ladi.
— Nega?
— Xotinim tilla uzuk sotib oldi.
— Sotib olgan bo’lsa, menga nima aloqasi bor?
— Ertaga senikiga mehmonga borib o’sha uzugini xotiningga ko’z-ko’z qilmoqchi.
* * *
Bosqinchi supermarketga bostirib kirib, sotuvchiga baqirdi:
— Qani, pullarni paketga joyla!
Sotuvchi qo’liga paket oldi-da, bosqinchiga dedi:
— Kechirasiz-u, bizda bir dona paket 1000 so’m turadi!
— Eh, yaramas!.. Bo’pti, ma, o’zimning paketimga joylayqol pullarni!
* * *
Boyvuchcha xususiy detektiv yollab dedi:
— Erimni kuzatasan! Tag’in u don olishib yurgan ayolniyam kuzat-chi, u maraz erimning nimasiga uchdiykin o’zi?!.
* * *
Mariya Sharapova Serena Uilyamsga qo’ng’iroq qilib dedi:
— Qizli bo’libsan, tabriklayman! Qizaloqning onasi kim?
Olimjon HAYIT tayyorladi